NISH

NISH — Serbiyadagi shahar, Nishava daryosiningJan. Moraviyaga quyilishi yaqinida. Aholisi 176 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mashinasozlik (xususan, radioelektronika), oziq-ov-qat, toʻqimachilik, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Un-t, muzeylar bor. N. dan 10 km jan.-sharkda Nishka-Banya balneologik kurorti joylashgan va qad. Vizantiya shahri — Mediana xaro-balari saqlangan. Meʼmoriy yodgorliklardan 4—5-a. larda qurilgan rim qalʼasi, bazilika qoldiqlari, 15—18-a. larga oid binolar saqlangan.