NISTAGM (yun. nistagmos — mudroq) — koʻz soqqasining beixtiyor ketma-ket (tez-tez va sust) ritmik harakat qilishi. Koʻz soqqasining xarakatiga qarab gorizontal, vertikal, diagonal, aralash va aylanma N. farq qilinadi. Nistagm koʻpincha ikki, baʼzan bir koʻzda boʻladi. Sogʻlom kishilar, Mas, koʻz oldidan tez oʻtayotgan narsani kuzatganda tanani tez u yoq bu yoqqa burganda, quloqqa issiq yoki sovuq suv quyganda Nistagm paydo boʻlishi fiziologik holat. Koʻz muskuli falaji, labirintit, isteriya, intoksikatsiya, markaziy nerv sistemasi va miya kasalliklari, shuningdek, tugʻilganidan boshlab xira koʻra-diganlarda patologik Nistagm kuzatiladi. Noqulay sharoitda ishlaydiganlarda (kon ishchilari) koʻproq kasbga aloqa-dor Nistagm paydo boʻlishi mumkin.
Davosi Nistagmga sabab boʻlgan kasallikni davolashdan iborat. Nistagm kasbga aloqador boʻlsa, bemor boshqa ishga oʻtkaziladi.