NILUFAR

NILUFAR (Nelumbo) — nilufardoshlarga mansub suvda oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Ikkala yarim sharning moʻtadil mintaqalarida va tropiklarda 2 turi — guli pushti yongʻoqchali Nilufar (N.nicifera) va sariq N. (W.lutea) oʻsadi. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betida qalqib turadi yoki suvdan yuqori koʻtarilib oʻsadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, diametri 16 sm gacha boradi, oq yoki pushti, xushboʻy, bargi ustida ochiladi.

Mevasi konussimon, koʻp yongʻoqchali, suv ostida yetiladi. Nilufar urugidan yoki ildizpoyasidan koʻpayadi. Unib chiqqa-nidan keyin 3-yili gullaydi. Hindiston va Xitoyda pushti Nilufar kadimdan muqaddas oʻsimlik hisoblanadi. Nilufarning madaniy shakllari koʻp. Nilufarning poyasi, barglarida vitamin S va kauchuk, bandi va novdalarida zaharli modda — nelyumbin bor.