NIKELLI QOTISHMALAR

NIKELLI QOTISHMALAR — asosini nikel tashkil qiladigan qotishmalar. Nikelli qotishmalar bosim ostida yaxshi ishlanadi va stanoklarda oson kesiladi. 19-a. oxi-ridan boshlab plastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan mis-nikel qotishmalari keng ishlatila boshladi. Magnit jihatdan yumshoq materiallarga tegishli Ni (40—85%) ning temir bilan ferromagnit qotishmalari texnikada katta rol oʻynaydi. Texnik nikel, kremniyli nikel, xromel, alyumel, nixrom, permalloy kabi Nikelli qotishmalar koʻp ishlatiladi.

Texnik nikel — suyultirilgan toza nikelga oz miqdorda magniy, marganes va kremniy qoʻshilib, aralashmalardan tozalab olinadi. Korroziyabardosh, atmosfera taʼsiriga tur-gʻun qotishma. U kimyo va oziq-ovqat sanoatida, elektrotexnikada, aniq mexanika asboblari yasashda ishlatiladi. Kremniyli nikel — texnik toza nikeldan marganes, mis, oltin-gugurt, uglerod va fosfor aralashmalarini yaxshilab tozalab olinadi. U ra-diolampalar, elektr-vakuum asboblari yasashda qoʻllaniladi. Xromel — nikelning asosan xrom bilan qotishmasi va alyumel — nikelning asosan alyuminiy bilan qotishmasi; termoelektr yurituvchi kuchi yuqori. Shuning uchun ulardan 1000° gacha t-rani oʻlchay-digan termoparalar yasaladi. Permalloy — nikelning asosan temir bilan qotishmasi; magnit oʻtkazuvchanligi yuqori, kuchsiz maydonlarda ham oson magnitlanish va magnitsizlanish xos-sasiga ega material; u elektrotexnika apparatlarining qismlarini yasashda ishlatiladi. Mexanik xossalarining yaxshiligi, kimyoviy tarkibiga qarab fizik-kimyoviy xossalarining turlicha boʻlishi tufayli Nikelli qotishmalar texnikaning turli sohalarida keng qoʻllaniladi.