NIZOMIDDIN SHOMIY

NIZOMIDDIN SHOMIY (? – taxm. 1412) — tarixchi olim. Oʻrta Osiyo hamda Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlarining 14-a. dagi hayotiga oid maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Adabiyotlarda Shomiy nisbasi bilan mashhur boʻlsada, baʼzan Shanbi Gʻozoniy nisbasi bilan qam uchraydi (Shom, Shanb yoki Shanbi Gʻozon — Tabriz yaqinidagi mavze). N. Sh. ning hayoti va tarixnavislik faoliyati haqida toʻliq maʼlumot yoʻq. Ilmiy ada-biyotda mavjud boʻlgan juda oz maʼlumot esa uning Amir Temur farmoni bilan yozilgan asari «Zafarnoma»aan olingan. Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» asari anik, manbalar va muallif oʻz koʻzi bilan koʻrgan voqealar asosida yozilgan. Ad.: N izomiddi n Shomi y , Zafarnoma.., 1996.