NEREIDA

NEREIDA — Neptun sayyorasining yoʻldoshi. Diametri 340 km, sayyoradan oʻrtacha uzoqligi 5,57 mln. km. Orbita ekssentrisiteti 0,75. 1949-y. da amerikalik astronom J. P. Koyper kashf etgan. Sayyora atrofini 360 sutkada bir marta toʻla aylanib chiqadi.