AVTOMATIK ROSTLASH

AVTOMATIK ROSTLASH — mashinalar, apparatlar va qurilmalarni odam ishtirokisiz boshqarib turish. Avtomatik rostlash uchun uskunaning oʻziga yoki uning tashqarisiga rostlagich oʻrnatiladi. Rostlanuvchi miqdor rostlagich yordamida oldindan berilgan qiymat atrofida ushlab turiladi (q. Avtomatik rostlagich). A. r. texnikada qadimdan maʼlum. I. P. Polzunov va J. Uatt rostlagichlari bunga misol boʻla oladi.