ABDULMALIK

ABDULMALIK (646/647-705) – umaviylarta mansub xalifa (685—705). Abdulmalik 685—692-y. larda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Irokda uning tarafdorlarini, 689—702-y. larda Damashqda Amr ibn Sayd al-Ashdaq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashʼasni, shuningdek xorijiylarning Irokdagi chiqishlari (692—97) ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlari oʻtkazgan; devon va idoralarda yunon, oʻrta fors tillari oʻrniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvli oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, bariyd (pochta) ishini yoʻlga qoʻygan.