ABDULLOH II BIN TALOL

ABDULLOH II BIN TALOL (1962.30.1, Ammon sh.) — Iordaniya podshohi. Podshoh Husayn Bin Talol (1935-99) ning oʻgʻli. Angliya va AQSHda taʼlim olgan. 1980-y. Britaniya harbiy akademiyasiga oʻqishga kirgan va uni tugatib, Britaniya armiyasida xizmat qilgan. 1963—65-y. larda va 1999-y. 25 yanv. dan shahzoda. 1999-y. 7 fev. dan Iordaniya Hoshimiylar Podshogʻligi podshohi.