ABDULMALIK ibn NUH

ABDULMALIK ibn NUH (944-961) — somoniylar amiri (954—961). Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin oʻn yoshida taxtga oʻtiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush A. N. davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdulmalik Ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland boʻlgan. Mas, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obroʻsi oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi boʻlgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdulmalik Ibn Nuh chavgon oʻynab turib, otdan yiqilib halok boʻladi.