ABDULHAY

ABDULHAY (14—15 – a. lar) — miniatyurachi rassom. 1396-y. da Amir Temur uni Bagʻdoddan Samarqandga chaqirib olgan va saroydagi badiiy ustaxonalarning boshligʻi qilib tayinlagan. Bizgacha sanʼatkor asarlarining juda oz qismi yetib kelgan. Berlindagi antiqalar orasida mavjud boʻlgan «Saroy» albomida rassomning ikki miniatyurasi («Oʻrdak», «Jang manzarasi»), Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida Abdulhayning imzosi boʻlgan ikki asari saqlanadi.