NEPER (Napier) Jon (1550, Merchis-tonKasl, Edinburg yaqinida — 1617.4.4) — logarifmlarni kashf qilgan shotland matematigi. Edinburg un-tida oʻqigan. «Logarifmlarning ajoyib jadvali tavsifi» (1614) ishida Neper logarifmlarga taʼrif bergan, ularning xossalari va qoʻllanilishini tushuntirgan. «Logarifmlarning ajoyib jadvalini tuzish» (1619) ishida 1614-y. dagi «… tavsifi»da bayon etilgan logarifm nazariyasi va oʻnli logarifmlar gʻoyasi bayon qilingan.
Neperga sferik uchburchaklarni logarifmlash uchun bir qator qulay yechish formulalari ham taalluqli.