NEOREALIZM

NEOREALIZM (neo… va realizm) — 20-a. ingliz falsafasidagi qukmron oqim. Kembrij sh. da 1903-y. da ingliz faylasufi J. Mur (1873—1958) asos solgan. Neorealizm neogegelchilikka, ayrim falsafiy masalalarni spekulyativ ishlab chiqishga qarshi qaratilgan boʻlib, uning vakillari bu masalalarni man-tiqiy tahlil vositasi b-n, yaʼni ta-biatshunoslik uslubi bilan hal qilishga urinadilar. Falsafa tizim sifatida rad etiladi. Falsafiy qiziqishlari markazida mantiq, bilish nazariyasi, biol. va fizika turgan. J. Murdan tashqari, Neorealizmning vakillari S. Aleksander, ingliz faylasufi Ch. D. Broud (1887—?), S. L. Morgan, B. Rassel, ingliz-amerika faylasufi A. N. Uaytxed (1861 — 1947) va b. dir. Neore-alistlar ikkinchi guruhining rahbari ingliz faylasufi A. Ayer (1910 — 89) boʻlib, neopozitivizmga yaqin turadi.