NEYRO-GUMORAL REGULYATSIYA

NEYRO-GUMORAL REGULYATSIYA (neyro… va lot. humor — suyuqlik) — odam va yuqori rivojlangan hayvonlar organizmining aʼzo, toʻqimalari faolligi va fiziologik jarayonlarini nerv sistemasi va gumoral omillar (kon, limfa va toʻqima suyukligidagi biologik faol moddalar) taʼsi-rida boshqarilishi. N.g. r. sistemasi organizmning oʻzgaruvchan muhit sharo-itida normal ishlashini taʼminlab beradi.

Nerv regulyatsiyasi filogenetik nuqtayi nazardan gumoral regulyatsiyat nisbatan ancha yosh. Tuban organizmlarda alohida hujayralar va aʼzolarning oʻzaro aloqasini almashinuv jarayonlarida ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar (metabolitlar) amalga oshi-radi. Evolyutsiya davomida toʻqima, aʼzolarning murakkablashishi va differensiyalashishi natijasida yangi gumoral omillar (mediatorlar, gormonlar va sitokinlar) hosil boʻldi va gumoral sistema nerv sistemasi bilan oʻzaro bogʻlanib bordi, natijada, N.-g. r. sistemasi vujudga keldi. Bunda nerv sistemasi biologik faol moddalarning sintez qilinishiga taʼsir etadi (Mas, gipotalamusgipofiz gormonlarining hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi, bu omillar qalqonsimon bez, jinsiy va buyrak usti bezlarini faollashtira-di). Oʻz navbatida gumoral omillar nerv sistemasiga ikki xil taʼsir koʻrsata-di:

1) reflektor, yaʼni qon, limfa va toʻqima suyuqliklaridagi biologik faol omillar nerv sistemasining interoretseptorlarini q«itiqlaydi»; 2) bevosita taʼsir, bunda biologik faol moddalar toʻgʻridan-toʻgʻri nerv hujayralariga taʼsir koʻrsatadi (Mas, almashinuv jarayonida hosil boʻladigan SO2 bosh miyaning nafas olish sistemasiga taʼsir koʻrsatib, uni faollashtiradi).

Ad.: Majidov N. M., Troshin V. D., Profilakticheskaya nevrologiya, 1—4 t.. T., 1995-98.