NEVEROV

NEVEROV A. (taxallusi; asl ismsharifi Aleksandr Sergeyevich Skobelev) [1886. 12(24).12, Stavropol uyezdi, Novikovka qishlogʻi — 1923.24.12, Moskva) — rus yozuvchisi. Qishloq maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Deh-qonchilik hayotidan olingan ilk hiko-yasi 1906-y. da nashr etilgan. 1917-y. gacha boʻlgan ijodida, asosan, yarim och, yarim yalangʻoch holda yashagan dehqonlar va qishloq ziyolilari hayoti tasvirlangan. Oʻtgan asrning 20-y.

lari boshlarida Volga boʻylarida avj olgan ochlik Neverovni rizq-roʻz axtarib Oʻrta Osiyoga kelishga majbur etgan. Shu davr taassurotlari Neverovning qator hikoyalari va «Toshkent — non shahri», «Gʻozu oqqushlar» (1923) kabi qissalarida oʻz ifodasini topgan. Mishka Dodonovning mehridaryo kishilar tufayli omon qolishi tas-viriga bagʻishlangan «Toshkent — non shahri» qissasi Neverov ijodida alohida oʻrin egallaydi. Qissa oʻzbek tiliga tar-jima qilingan va shu asar asosida kinorejissyor Sh. Abbosov ayni nomda kinofilm yaratgan.