NEARX

NEARX (Neapxos) (? — mil. av. taxm. 312) — Aleksandrnmng flot sarkardasi. 334-y. dan Likiya va Pamfiliya hokimi. 325-y. N. boshchiligidagi yunon floti ilk marotaba Hindistondan Mesopotamiyaga suzib oʻtgan. Uning sayohati bayonida Hindiston, Fors qoʻlti-gʻining tabiati va aholisi haqida maʼlumotlar bor boʻlib, ulardan Arrian va Strabon keng foydalanganlar.