NAQQOSH

NAQQOSH (arab.) — naqsh ustasi; be-zak, gul yaratuvchi usta. Amaliy sanʼatning barcha sohalaridagi ustalarga naqsh nusxalari (axta, andozalar) tayyorlab beradi; gul bosuvchi ustalar uchun naqsh qoliplarini tayyorlab beruvchi ustalarga ham naqsh mujassamotini chizib beradi. (Naqqoshlik).