NASHRIYOT-HISOB TABOGʻI

NASHRIYOT-HISOB TABOGʻI — bosma nashr hajmi oʻlchov birligi. Unga mualliflik tabogʻiga hisoblangan asosiy matn hajmi bilan birga muallifga haq toʻlanmaydigan barcha matn (nashriyot tomonidan yozilgan soʻz boshi, ruknsarlavha, ruknraqam, zarvaraq, sarva-raq yozuvlari va b.), grafik materiallarning hajmi ham kiradi. N-h. t. nashriyotdagi hisob-kitob ishlarida, muharrir, texnik muharrir, musaxdih va b. xodimlar mehnatini hisoblashda qoʻllanadi (yana q. Bosma taboq).