NATYURMORT (frans. nature morte — jonsiz tabiat) — tasviriy sanʼat janri. Insonning atrofini oʻrab turgan real maishiy muxitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi; shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham Natyurmort deb ataladi. Asosan, dastgoxli rassomlik (rangtasvir va grafika)la, qisman haykaltaroshlik (asosan, relyef)sa ishlanadi. Natyurmortda «jonsiz buyumlar» (Mas, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-aslahalar va b.)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari (stoldagi baliq, vazadagi gul va b.) ham tasvirlanadi. Asosiy mavzuni toʻldirish uchun baʼzan Natyurmortga odamlar, hayvonlar, kushlarni ham kiritish mumkin. Maishiy asosidan ajratib olingan mayda narsalarning muhimligi boshqa janrlarga nisbatan Natyurmortda namoyon boʻladi.
Natyurmortda tasvirlanayotgan (mustaqil aks ettirilayotgan yoki kartinalarda asar mazmunini boyitadigan va toʻldiradigan) buyumlar oʻz egasining feʼl-atvorini, qiziqishini yoritishga yoki buyumlarning shakli, rangi, fakturasi, tuzilishidagi ritmik, dinamik va statik holatlarini koʻrsatishga qaratilgan.
N. Qad. Misrda devorga ishlangan freskalarda, ellinizm davri mozaikalarida, Xitoyda («qush va gullar», 7-a. dan) kompozitsiya boʻlagi sifatida maʼlum boʻlgan; Yevropada 16-a. oxiri — 17-a. boshlaridan mustaqil ahamiyatga ega boʻldi, keng tarqala boshladi, eng taraqqiy etgan davri 17-a. ga toʻgʻri keladi, 18-a. dan «Natyurmort» atamasi qoʻllanila boshladi. Italyan rassomi M. Kapaeajo va uning izdoshlari (karavajizm) N. ning keng tarqalishida muhim rol oʻynadi: gul va mevalar, dengiz inʼomi — baliq, qisqichbaqalar sevimli mavzuga aylandi. Gollandiya (V. K. Xeda, P. Klas va b.), Flandriya (F. Sneyders, Ya. Feyt va b.), Ispaniya (F. Surbaran va b.), Fransiya (J. B. Sharden va b.) va b. da yuksak taraqqiyotga erishdi. P. Sezann, A. Matiss, J. Brak va b. N. ga koʻproq eʼtiborni qaratganlar. 20-a. da Natyurmort realistik anʼanalarini Meksikada D. Rivera, D. Sikeyros, Italiyada R. Guttuzolar davom ettirdi. Rossiyada Natyurmort 18-a. da paydo buldi, kuzni aldaydigan «xuddi oʻziga oʻxshash» (aldamchi) rasmlar ishlashdan (G. N. Teplov, P. G. Bogomolov va b.) shakllanib bor-di, 19-a. 1-yarmida haqqoniylikka, borliqni oʻzidan goʻzallik topishga harakat qilindi (M. A. Vrubel, K. Korovin, I. E. Grabar va b.), shakl, faktura va bezakdorlik borasidagi yutuk,larga erishildi (P. Kuznetsov, P. P. Konchalovskiy, A. Kuprin va b.).
Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida Natyurmort unsurlari qad. davr sanʼatida (Mas, Afrosiyob devoriy rasmlarida — vazadagi mevalar), miniatyura sanʼatida (Mas, Kamoliddin Behzodning Shayboniyxon portretida tasvirlangan buyumlar — siyohdon, qamchi) uchraydi. Natyurmortning haqiqiy shakllanishi va rivojlanishi 20-a. ning 30—50-y. lariga toʻgʻri keladi. Ayni shu davrda rassomlarning ijodida Natyurmortning dastlabki namunalari paydo boʻddi: L. Nasriddinov («Nonli Natyurmort»), Sh. Hasanova («Xitoy chinnisi bilan ishlangan Natyurmort») va b. ; M. Kurzin, V. Rojdestvenskiy, V. Ufimsev, N. Kashina, 3. Kovalevskaya, O. Tatevosyan, S. Abdullayev, V. Fadeyev, Yu. Yelizarov va b. N. yaratdilar. 60—80y. larda L. Salimjonova, Yu. Taldikin, R. Choriyev, V. Burmakin, Ye. Melnikovlar ijodida Natyurmort keng oʻrin tutadi. Rassomlar R. Ahmedov, A. Ikrom-jonov, M. Nuriddinov va b. N. da samarali ijod qilib, Natyurmortning taraqqiyotini taʼminladilar.
Neʼmat Abdullayev.