NASTARIN

NASTARIN, siren (Syringo) — zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumi; manzarali oʻsimlik. 30 turi bor, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. Juda koʻp mamlakatlarda ekiladi. Oʻzbekistonda oddiy Nastarin (S. vulgaris), fors N. (S. persica), xitoy N. (S. chi-enensis) va b. oʻsti-riladi. Bargi, asosan, oddiy, yaxlit, baʼzan kesik yoki patsimon qirqilgan. Guli mayda, rangi oq, pushti, qizil. Ikki jinsli, xushboʻy, toʻpguli roʻvaksimon, barg yozishi b-n bir vaqtda gullaydi. Madaniy navlari gultoʻplami uz. 25—30 sm gacha boradi. Tez oʻsadi. Apr. —may (jan. r-nlarda), may—iyun (shim. r-nlar)da gullaydi. Mevasi ikki uyali koʻsak. Urugʻidan, parxish usuli bilan va qalamchasidan koʻpaytiriladi. Nastarinning turli-tuman navlari yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida Nastarinning dorivor va manzarali duragaylari, introduksiya qilingan navlari yaratilgan. Fors N. Toshkentda 2-marta (baxrr va kuzda) gullaydi. Gulidan tayyorlanadigan ekstrakt parfyumeriyakosmetika sanoatida, yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi.