NASSAU

NASSAU, Nasso — Bagama Orollari poytaxti, Nyu-Providens o. ning shim. soxilida. Iklimi tropik iklim; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 21°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 1150 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 172 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi port; chetga dengiz buluti, sizal, sitrus mevalar chiqariladi. Aeropor-ti xalqaro ahamiyatga ega. Xalqaro miqyosdagi moliyaviy markaz (250 dan or-tiq bank muassasalari bor). Iklim kurorti. Turizm rivojlangan. Axrlining katta qismi sayyoxlarga xizmat koʻrsatish bilan band. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Shaharga 1656-y. da asos solingan va Charlztaun deb atalgan. 1694-y. da ispanlar tomonidan vay-ron qilingan. 1696-y. da qayta qurilib, Nassau deb nomlangan. Nassau — mamlakatning madaniy markazi. Kutubxona, muzey, kollejlar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Montegyu va Finkasl fortlari, sobor saqlangan.