NASR ibn AHMAD

NASR ibn AHMAD, Nasr II Ibn Ismoil Somoniy (taxm. 906—943) — Somoniylar davlati hukmdori (914 — 943). Davlatni 8 yoshli Nasr ibn ahmad ibn A. nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Bu davrda somoniylar sulolasi ichida taxt uchun kurashlar kuchaygan. Nasr ibn ahmad ibn A. taxtga oʻtirishi bilan amakisi Isʼhoq qoʻzgʻolon koʻtargan. Xartangda Nasr ibn ahmad ibn A. va Isʼhoq qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Jangda Isʼhoq qoʻshini yengilgan. Xuroson va Nishopurda somoniylarga qarshi shialar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. Shialar targʻiboti shu qadar avj olganki, xatto Nasr ibn ahmad ibn A. ning oʻzi ham shia mazhabini qabul qilishga majbur boʻlgan. Bundan norozi boʻlgan sun-niy ruhoniylar turk gvardiyasi yordamida Nasr ibn ahmad ibn A. ga qarshi fitna uyushtirishgan. Bundan xabar topgan Nasr ibn ahmad ibn A. fitnani fosh etib, oʻz oʻgʻli Nuh foydasiga taxtdan voz kechgan.