NARX

NARX, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda Narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-a. boshlaridagi nazariyalar Narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, Narxga xarajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va b. tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday Narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning Narx idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori xarajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida Narx bir nechta vazifalarni bajaradi:

1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi — N. vositasida qilingan xarajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Xarajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning Narx iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi i. ch. hajmini oʻzgartiradi. Talab Narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, Narx oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. Narx dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3) raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar Narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;

4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha i. ch. kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar Narx ining oshishi ularni koʻplab i. ch. kerakligini bildiradi, aksincha, Narxning pasayishi tovar i. ch. ni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni i. ch. ga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi Narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy Narxlar qoʻllaniladi. Joriy Narxlar amaldagi Narxlar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi i. ch. natijalari hisoblanadi. Qiyosiy Narx larda maʼlum yil asos qilib olinib, i. ch. ning natijalari shu Narxda hisoblanadi va boshqa yillar b-n taqqoslanadi. Joriy Narxlar inflyatsiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va sh. k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy Narx larda hisoblanadi.

Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.

Erkin bozor N. i (muvozanatli Narx) — erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xoxlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv Narxi, yaʼni muvozanatli Narx yuzaga keladi; monopol Narx — monopol bozorda so-tuvchi yoki xaridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xoxlagan Narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan Narx boʻlib, odatdagi Narx lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji Narx — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida xam ulgurji Narxlar qoʻllanadi; shartnoma N. lari — sotuvchi va xaridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday Narx, odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana Narx — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji Narxdan yuqori boʻladi; Preyskurant N. — xaridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma Narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy Narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan Narx atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan Narx — davlat byudjetы hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor Narx idan pastroq qilib belgilangan Narx, N. dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N. ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N. — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan Narx, xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.

Bozor koʻlamiga koʻra, Narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor Narxlar i ga boʻlinadi. Hududiy Narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N. i — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N. lardir. Xalq-aro N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal xarajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.

Narxlar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. Narx diapazoni N. lar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N. larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N. lari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N. ining oʻzgarishi bozordagi jami N. lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.