NARIM TIZMASI

NARIM TIZMASI — Oltoyning jan. dagi togʻ tizmasi (Qozogʻistonning Sharqiy Kozogʻiston viloyati). Uz. 120 km. Eng baland joyi 2533 m. Paleozoy kumtoshlari, konglomerat, slanes, tuflardan tarkib topgan boʻlib, ularni granit intruziyalari yorib chikkan-Tik shim. yon bagʻrida 1300 m balandlikkacha qayin, undan yuqorida tilogʻoch, daryo vodiylari boʻylab koraqaragʻay-okkaragʻay-kedr oʻrmonlari oʻsadi. Jan. yon bagʻir betagachalov va oʻtloq dashtlar, butalar bilan koplangan. 1800 m dan yuqorida siyrak subalp oʻrmonlari, alp oʻtloklari uchraydi.