NAZRUL ISLOM

NAZRUL ISLOM (1899-1976) – bengal shoiri. Ilk sheʼrlarini Hofiz asarlari taʼsirida yozgan. «Isyonkor» dostoni (1922), «Olovli ud» (1922), «Zaharli nay» (1924), «Falokat nagʻmalari» (1924), «Bulbul» (1928) sheʼriy toʻplamlari, «Kambagʻalning iztiroblari» hikoyalar toʻplami (1924) va «Tuman» romani (1924) mavjud. Ularda insonparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. 30-y. larning boshlarida kasalligi tufayli adabiy faoliyati toʻxtab qolgan. Uning «Inson» sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1981). E. Vohidov N. I. hayoti va ijodiga bagʻishlab «Ruhlar isyoni» dostonini yozgan (1978).