NAJMIDDINOV

NAJMIDDINOV Shokir (1903.15.1 – Toshkent — 1990.19.10) — aktyor, suflyor. Oʻzbekiston xalq artista (1970). Ijodini 1918-y. havaskor aktyor sifatida boshlagan. 1919—22, 1924—27, 1934—57 y. lar Hamza teatrida aktyor, 1957—75 y. lar suflyor. Buxoro va Toshkent madaniy oqartuv muassasalarida ishlagan. Najmiddinov epizodik rollar ustasi boʻlib, uning ijodi kuchli psixologik dramatizmi bilan ajralib turadi. Sulaymon, Asqar (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Karimbaxshi, Arslon (Fitrat, «Hind ixtilochilari», «Arslon»), Ortiqboy Gʻ(. Zafariy, «Halima»), Ishchi (U. Ismoilov, «Rustam»), Rodrigo (U. Shekspir, «Hamlet»), Yusufjon (K. Yashin, «Xolisxon»), Domla (Oybek, «Qutlugʻ qon») va b. uning sahnada yaratgan obrazlaridan namunalaridir.