NAGANO

NAGANO — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o. ning markaziy qismida, Tikuma daryosi vodiysida. Nagano prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 360,1 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. K,. x. (bogʻdorchilik, gulchilik, sut chorvachiligi) r-nining muhim savdo markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chikariladi. Un-t bor. Buddizmning (Dzenkodzi ibodatxonasi) qad. markazlaridan.