NAGALAR

NAGALAR — Hindistondagi xalqlar guruhi (ao, sema, angama va b.). Nagalend shtatining asosiy aholisi. Manipur va Assom shtatlari, shuningdek, Myanma (100 ming kishidan koʻp)ning qoʻshni r-nlarida yashaydilar. Umumiy soni 2 mln. 150 ming kishi (2000). Naga tilida soʻzlashadi. Dindorlarining bir qismi xristian (asosan, baptist) lar, krlganlari anʼanaviy liniy eʼtikrdlarga rioya qiladilar. Hindiston hukumati 1957-y. N. ni Assom shtati tarkibidan chiqarib, uni Tuensanga — «naga togʻlari» deb nomlanuvchi markazga boʻysunuvchi hududga aylantirishga qaror qildi, 1963-y. esa Nagalend («Nagalar mamlakati») shtati barpo etildi.