NAVBAHOR

NAVBAHOR — Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi qishloq. Tuman markazi. T. y. stansiyasi — Yaypan. N. dan Fargʻonagacha 105 km. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). Soʻx soyidan suv oladi. Navbahorda tuman tashkilot va idoralari, «Ishonch» ip-yigiruv korxonasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Navbahor orkali Toshkent—Andijon t. y. va Xoʻjand—Qoʻqon avtomagistrali oʻtgan.