HUSAYN ibn MUSALLAB

HUSAYN ibn MUSALLAB, Amir Husayn (? — 1370) — Amir Kaza-/okning nabirasi. Balx, Hisori Shodmon va Badaxshon viloyatlari hukmdo-ri. Ajdodlari hukmronlik qilgan Movarounnahr taxtiga daʼvogarlik qilgan. Avvaliga Amir Temur bilan it-tifoqtuzgan va singlisi Oʻljoy turkon ogʻoni Sohibqironga nikohlab bergan. Husayn ibn musallab ibn M. va Amir Temur 1363—64 y. Ilyosxoja boshliq Jete lashkarini Qamashi tumanidagi Tosh-qoʻrgʻon qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda magʻlub etadi. Ammo 1365-y. Toshkent va Chinoz oraligʻida Jete lashkari bilan boʻlgan Jangi loydagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Husayn ibn musallab ibn M. va Sohibqiron oʻrtasida munosabat buziladi. 1370-y. ga qadar Amir temurning Movarounnahrni markazlashtirilgan davlatga aylantirish yoʻlidagi saʼy harakatlarida asosiy toʻsiq boʻlgan. 1370-y. Balx sh. boʻsagʻasida boʻlgan jangʻda Sohibqiron Husayn ibn musallab ibn M. ning qoʻshinini tor-mor etadi va uni asirga olib qatl etadi. Husayn ibn musallab ibn M. Balx sh. ning sharqiy tomonidagi Xoja Ukkosha qabristoniga dafn qilingan.

Ad.: Nizomiddin Shomiy. Zafargʻyuma, T., 1996; Sharafudlin Ali Yaz-diy, Zafarnoma, T., 1997.