HABIBULLO

HABIBULLO (taxm. 1872-1919.20.2, Jalolobod yaqinida) — Afgʻoniston amiri (1901-y. dan). Hokimiyatining dastlabki davrida vatanparvar kuchlar taʼsirida islohotlar oʻtkazishga (markaziy hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, dunyoviy taʼlimni joriy qilish va b.), mamlakatni Angliyadan qaramligini zaiflashtirishga harakat qilgan. 1905-y. amir Abdurahmon tomonidan imzolangan ingliz-afgʻon bitimini tan olgan. Angliya va ichki reaksion kuchlar tazyiqi ostida 1919-y. yosh afgʻonlarta qarshi chiqqan; ularning koʻpchiligi qamoqqa olingan va qatl etilgan. 1-jahon urushi yillarida Ger-maniyaning gyukgijlashiga qaramay Habibullo betaraflik siyosatini tutgan. Hayotining oxirida inglizparast siyosat yurgizib, Afgʻonistonda ozodlik harakatining oʻsishiga toʻganoq boʻlgan. Saroydagi fitna natijasida oʻldirilgan.