HABIB

HABIB Asadullo (1941, Maymana sh.) — afgʻon yozuvchisi, adabiyotshunos. 70 — 80-y. lar dari adabiyotida vujudga kelgan «Yangi sheʼr» oqimining taniqli namoyandalaridan. Kobul un-tining adabiyot f-tini tugatgan (1961). Dastlabki hikoyalar toʻplami — «Uch mardikor» (1966). Asarlarining asosiy mavzusi oddiy mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida. Ilmiy ishlari mumtoz va hoz. zamon dari adabiyoti tarixiga bagʻishlangan. «Oqbadan» (yoki «Oydin», 1965), «Kishanlarni par-chalovchilar» (1975), «Tun va qamchin» (1978), «Oqshom ila diydor» (1982), «Qizil maktub» (1983), «Oʻroqlar va qoʻllar» (1983— 84), «Zulmat bilan vidolashuv» (1985), «Soʻnggi orzu» (1986) va b. asarlar muallifi.

As: Oydin, T., 1982.