HABIBOV Muqim Azizovich

HABIBOV Muqim Azizovich (1916 — Andijon — 1979.21.11) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Namangan musiqa bilim yurtini tugatgan (1936). 1934—52 y. lar Andijondagi turli teatrlarda dirijyor, 1952-y. dan Andi-jon teatrish dirijyor, 1958—78 y. larda bosh dirijyor. «Burgutning parvozi» (I. Sulton), «Tuhmatchilar jazosi» (Hamza), «Qasoskor ona» (M. Bobo-yev) kabi spektakllarga musiqa basta-lagan, bir qancha qoʻshiqlar yozgan, musiqali drama spektakllariga dirijyorlik qilgan.