HABIBIY

HABIBIY (taxallusi; asl nomi Abdulxoliq Oxunzoda oʻgʻli) (1910, Qandahor sh. — 1984, Kobul) — afgʻon adabiyotshunosi. Afgʻon-pushtu tili va adabiyotining yirik tadqiqotchisi. Kobul untida prof. Habibiy pushtu tili va adabiyotining qad. davrlaridan to 20-a. oxirlarigacha boʻlgan taraqqiyot bosqichlari, qad. afgʻon yozma yodgorliklari. umuman pushtunlarning madaniyati, folklori, tarixiy taraqqiyoti, mumtoz va hoz. zamon adabiyoti, undagi badiiy-uslubiy yoʻnalishlar, shuningdek, Afgʻonistonning tarixiga oid pushtu, dari, urdu va arab tillarida yozilgan kitob. risola va muammoli masalalarga bagʻishlangan maqolalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi. 40-y. larda afgʻonshunoslikda ilk bor 2 j. li pushtu adabiyoti tarixining 1-jildini yozgan va uni nashrga tay-yorlagan. Keyinchalik Habibiy 3 jildli «Afgʻoniston adabiyoti tarixi», 2 jildli «Afgʻoniston tarixi» (dari tilida) kitobini yaratgan. Pushtunlarning qad. adabiy-tarixiy yozma yodgorligi — «Yashirin xazina» kito-bini topib, ilmiy sharh va tadqiqiy materiallar bilan dari tilida nashr qildirgan. Habibiyning tarixiy va vatanparvarlik mavzuidagi sheʼr, hikoya, qissa va dramatik asarlari ham bor («Fidokorlik», «Toʻrpekey» va b.).