HAVZA — 1) biron daryoga suvi oqib keladigan maydon, hudud (q. Daryo havzasi);
2) choʻkindi foydali qazilmalar qatlamlarining uzluksiz yoki deyarli uzluksiz tarqalgan berk maydonlari, ular togʻ jinslarining maʼlum formatsiyalari bilan bogʻliq boʻladi (q. Foydali qazilmalar havzasi). Yer osti suvlari Havza laridan Sirdaryo, Amudaryo, Toshkent artezian Havza lari mavjud.