HOSHIMOV

HOSHIMOV Hokimjon (1915.23.3, Toshkent sh.) — Xalq oʻqituvchisi (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1959). Toshkent ped. in-stitutini tugatgan (1939). 1936-y. dan «Oʻqituvchilar gazetasi»da adabiy xodim, masʼul kotib, 1947-y. dan Toshkent sh. Sobir Rahimov tumanidagi 22-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, 1948—2001-y. larda maktab direktori. Hoshimov haqida Oʻzbekiston televideniyesi tomonidan «Umr mazmuni» hujjatli filmi tayyorlangan. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).