HOMIDOV

HOMIDOV Abduraim (1943.20.10, Toʻraqoʻrgʻon tumani Shahand qishlogi) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2004). Mehnat faoliyatini 1960-y. da Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi «Oʻzbekiston» shirkat xoʻjaligida mexanizatorlikdan boshlagan. 1974-y. dan shu xoʻjalikda brigada boshligʻi, bosh pud-ratchi. Homidov paxtachilikda keng kultivatsiya, chuqur egat olish, oʻgʻitlash sonini koʻpaytirish kabi yangi agrotexnologiyalarni yaratdi va qoʻlladi, gʻalladan 67,6, paxtadan 45 s/ ga (2003) hosil yetishtirishga, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirdi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).