HOJIYEVA Oydin [1942.22.4, Buxoro (hoz. Navoiy) viloyati Qiziltepa tumani Boʻston qishlogʻi] — Oʻzbekiston xalq shoiri (1992). ToshDUning filologiya f-tini tugatgan (1965). «Sharq yulduzi» jur. da adabiy xodim (1965), boʻlim boshligʻi (1971 — 76), «Saodat» jur. da boʻlim mudiri (1976-85), «Gulxan» jur. bosh muharriri (1985—94), «Milliy va ijtimoiy barqarorlik» jamgʻarmasi raisi (1993—95). «Saodat» jur. va uning ilovasi «Gulchehralar» gaz. Da bosh muharrir (1994-y. dan).
Ilk kitobi — «Shabnam» (1970). «Manzillar» (1971), «Men sevgan qoʻshiq» (1972), «Orzu guli» (1974), «Tarovat» (1976), «Dostonlar» (1980), «Xushxabar» (1983), «Mushfiq onajon» (1983), «Chashmalarni izlayman» (1986), «Tamal toshi» (1988), «Ishonch yulduzlari» (1989), «Koʻzimning oqu qorasi» (1996), «Panohim» (1998) kabi sheʼriy toʻplamlar muallifi. Ijodida inson qalbi kechinmalari xalqona ohanglarda oʻziga xos talqi-nini topgan («Navo», 1977). Vatanga muhabbat, maʼnaviy poklik, til bilan dil rostligi, hayotning abadiy va unu-tilmas orzu-armonlari, inson matonati, xalqning beqiyos goʻzal, olija-nob qalbini kuylash, odamlarga munis, mehribon dardkash boʻlmoq istagi Hojiyeva ijodining bosh mavzusi hisoblanadi. Hojiyeva 90-y. larda ham vatan-parvarlik mavzuida turkum sheʼr va dostonlar yozdi («Dard», «Ozod soʻz yolqinlari», «Ziyorat» va b.). Badiiy ijodni ijtimoiy faoliyat bilan qoʻshib olib borgan shoiraning «Ruhimizga yongʻin tushmasin», «Meni iztirobga solar bu oʻylar», «Millatning qay-gʻusi nima?» kabi publitsistik asarlarida til masalalari, oʻzbsj xotinqizlarining ogʻir dala mehnati muammolari aks etdi. Sh. Petefi, A. Miskevich, R. Kazakova, M. Dilboziy, Gulruxsor, M. Abdulqosimova, F. Ungarsinova va b. shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari rus, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillarida nashr etilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan takdirlangan (1999).
As: Koʻzimning oqu qorasi |Sheʼrlar], T., 1996; Panohim [Sheʼrlar, \ikoyalar|, T., 1998.