HOJI GARAY

HOJI GARAY, Davlat Hoji Garay (? — 1466, Boqchasaroy) — Krim xonligi va garaylar sulolasi asoschisi. Dastlab Oltin Oʻrdaga tobe boʻlgan Qrim xonligini boshqargan (1428-y. dan). Oʻzaro urushlar natijasida taxtdan ayrilgan. Soʻngra Qrimga qaytib (1432), genuyaliklarning qoʻshinini tor-mor qilgan va taxtni qayta egallagan (1434). Biroq Qozon xonligi asoschisi Ulugʻ Muhammad qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uch-rab, Litvaga qochgan va knyaz Sigiz-mund Keystutovichdan Lidu sh. ni mulk sifatida olgan (1435). Keyinchalik H. G. Buyuk Litva knyazi Kazi-mir IV yordamida Qrim xoni deb eʼlon qilingan (1443). U Usmonli turk sultonlari bilan harbiy ittifoq tuzib (1454), genuyaliklarga qarshi muvaffaqiyatli urush harakatlarini olib borgan. 1461-y. da Ahmad bilan birgalikda Said Ahmadga qarshi kurashgan. 1465-y. da Oltin Oʻrda qoʻshiniga hujum qilib, ularning Moskvaga qilmoqchi boʻlgan harbiy yurishiga xalaqit bergan.

Hoji Garay vafotidan soʻng uning toʻngʻich farzandlari Nur Davlat va Haydar bilan kichik oʻgʻli Mengli Garay oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlangan va bu kurashda Mengli Garay gʻolib chiqqan.

LL. Tu n man n , Krmmskoye xanstvo (Pere-vod s nemeskogo), Simferopol, 1991; Gre-kov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1964.