HIDOYAT

HIDOYAT (arab. — toʻgʻri yoʻl) — haqiqiy eʼtiqod yoʻlidan yurish. Hidoyatning qarama-qarshisi zalolat (toʻgʻri yoʻldan ozish)dir. Hidoyat Alloh oʻz bandalari uchun koʻrsatgan eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi. Qurʼonning Hidoyat toʻgʻrisidagi oyatlarida taʼkidlani-shicha, Alloh taolo Hidoyat yoʻliga ham-mani ham boshlamaydi, balki oʻzi xohlagan, tanlagan kishilarnigina bu neʼmatga musharraf etadi. Alloh Muhammad (sav) ga xitob qilib: «Sen xohlagan kishingni Hidoyatga erishtira olmaysan, lekin Alloh oʻzi xohlaganiga H. ato qilur» — degan mazmunda oyat nozil qilgan. Hidoyat haqida bir necha hadis ham rivoyat qilingan.