HAFIZOV

HAFIZOV Ibrohim (1870-1940) – buxorolik meʼmor. Hunarni otasi bilan birga ishlab, usta Xalilga shogird tushib (1880—88) oʻrgangan. 1888-y. dan mustaqil usta. Hafizov muqarnasli sharafa va namoyonlarga handasiy va islimiy uslubida naqsh ishlash sanʼatini puxta egallagan. Qoʻshmadrasa yaqinidagi Qozi Baqoxon uyi, Karmanadagi Abdulahadxon saroyi, Sarim Sulton, Xayro-bod, Chorbogʻ Charimgari, Chorbogʻgul saroylari va uylarini qurishda qatnashgan. Xon saroyida gilkorlik qilgan. Ark saroyini qayta tiklashda, Buxoro sh. dan Sitorai Mohi Xosagacha boʻlgan yoʻlga tosh yotqizishda, fka qurishda (1928 — 34) va b. da ishtirok etgan. Hafizovning 100 dan ortiq loyihalari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.