HASANBEK RUMLU

HASANBEK RUMLU (1530/31 – ?) – tarixchi olim. Qum sh. da tugʻilgan. Rumlu qabilasiga mansub boʻlgan. safaviylarlgn Taxmasp I va Muham-mad Xudobanda (1577—87) saroyida xizmat qilgan. Umumiy tarixga oid «Ahson attavorix» («Tarixlarning aʼlosi») asari muallifi. Asar 12 jilddan iborat boʻlib, 1572—77 y. lar orasida yozilgan, bizgacha soʻnggi 2 jildi saqlanib qolgan. Ularda Eron, shuningdek, unga qoʻshni mamlakatlar: Oʻrta Osiyo, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziyaning 1404—1577-y. larga oid tarixi yil-mayil bayon etilgan. Soʻnggi, 12-jildda safaviylar davlatining tashqi siyosatida roʻy bergan asosiy voqealar yoritilgan. Asar Oʻrta Osiyo xonliklari bilan Eron oʻrtasidagi siyosiy aloqalar tarixini oʻrganishda muhim manbadir. «Ahson attavorix» qoʻlyozmalari SanktPe-terburg, shuningdek, Angliya, turkiya va Erondagi kutubxonalarda saqlanadi.