HASAN BASRIY

HASAN BASRIY, Abu Said Abul Hasan Yasor (642—728) — ilk islomning yirik ilohiyot olimi. Madinada tugʻilgan, 657-y. dan Basra sh. da yashab, shu yerda vafot etgan. 663—665-y. larda hoz. Afgʻoniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (681—720) davrida Basrada qozilik qilgan. Hasan Basriy atrofida ilohiyot olimlari toʻplanib, ular umaviylar davlati maʼnaviyatini belgilagan. Hasan Basriyni ahli sunna namoyandalari ham, mutaziliylar ham, sufiylar ham oʻz ustozi hisoblagan. Hasan Basriy qarashlari haqida maʼlumotlar juda oz. Ularga koʻra, Hasan Basriy iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuq-tai nazarida turgan va inson bu dun-yodagi qilmishlari uchun oʻzi masʼul ekanligini taʼkidlagan. Hasan Basriy moʻtadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar oʻrtasidagi harbiy mojarolarni qora-lagan.