HANIFLAR

HANIFLAR — islom dini vujudga kelmasdan ilgari arablar orasida yakkahudolik gʻoyasini targʻib qilgan shaxslar. Musulmonlar rivoyatiga qoʻra, ular islomgacha Arabistonda qabila xudolariga sigʻinishni rad etgan, yakkahudoga astoy-dil ishongan, lekin xristianlikka ham, yahudiylikka ham qoʻshilmagan. Muhammad (sav) ham oʻz targʻibotini Haniflardan biri sifatida boshlagan. Qurʼonda Ibrohim ham hanif deb nomlangan, uning chinakam yak-kaxudolikka asoslangan dinini Muham-mad (sav) tiklagan, deb hisoblanadi.

8—9-a. lardan boshlab musulmon adabiyotida Haniflar koʻpincha «musulmonlar», islom esa «xaniflik dini» maʼnosida ishlatilgan. Sufiylar ham oʻzlarini Haniflar deb atashardi.