HAMSHIRA

HAMSHIRA — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi. Davolash-profilaktika muassasalarida Hamshira vrach yordamchisi boʻlib, u bilan hamkorlikda ish olib boradi. Hamshira bemorlarni parvarish qilish, haroratni oʻlchash, dori tarqatish, davolash muolajalari (kom-press, gorchichnik qoʻyish va h. k.) va b. vazifalarni bajaradi. Hamshiralar turli tibbiyot muassasalari (kasalxona, poliklinika, dispanser, sanatoriy va b.) da, shuningdek, yasli va bolalar bogʻchasida xizmat qiladi. Hamshiralikka tibbiyot kollejlarida oʻqitiladi. Toshkent tibbiyot akademiyasida alohida f-t mavjud boʻlib, unda oliy maʼlumotli Hamshiralar tayyorlanadi.