HAMROQULQORI

HAMROQULQORI Muhammadrasul oʻgʻli Toʻraqulov (1872 — hoz. Beshariq tumani Shoberdi qishlogʻi — 1943; 1967-y. Beshariqqa qayta dafn etilgan) — hofiz, sozanda (dutor); Qoʻqon (Beshariq) hofizlik maktabining yirik vakili, Fargʻona — Toshkent mumtoz musiqa yoʻllarining bilim-doni. Jarangdor, oʻtkir, kuchli va shirador tenor ovozi sohibi. Dastlab Toʻraqul bobosidan dutor, otasidan doira chalish koʻnikmalarini oʻzlashtirgan. Keyinchalik Xoliqqori (Xol-qori)dan qiroat hamda xonandalikni, margʻilonlik Matxoliq hofizdan esa mumtoz ashula namunalarini oʻzlashtirgan. Fargʻona vodiysi va Toshkentda xalq sayillari, «bozori shab»larda qatnashib shuhrat qozongan. Reper-tuaridan mumtoz va zamonaviy ashu-lalar, ayniqsa, Navoiy, Miskin. Xislat, Muqimiy, Haziniy, Furqat, Fazliy, Qoriy, Kamiy, Xurshid, Charxiy sheʼrlariga, shuningdek oʻzi toʻqigan gʻazallarga aytgan katta ashula namunalari keng oʻrin olgan («Inna fatahno», «Yo hayot an-nabi», «Bevafo dunyo», «Xarob etma», «Suvora». «Chaman bezandi», «Bu gul-shan», «Yovvoyi Ushshoq», «Muncha ham», «Bir kelsun», «Ey, dilbari jo-nonim» va b.). Ayniqsa, «Patnus Ush-shogʻi» bilan shuhrat qozongan. 1900-y. larda «Pishushiy Amur» (Riga) firmasi tomonidan Hamroqulqori ijrosidagi ashu-lalarni grammofon plastinkalariga yozib olingan.

Hamroqulqori ijro anʼanalarini ʼ. Rajabov, J. Sultonov, A. Haydarov, M. Uzoqov, B. Mirzayev, R. Mamadaliyev, T. Karimov, Sh. Boyqoʻziyev, M. Ahmedov kabi xonan-dalar davom ettirishgan.