HAMROYEVA Guli Razzoqovna

HAMROYEVA Guli Razzoqovna (1946.2.12, Toshkent) — balerina, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Razzoq Hamroyevnnj qizi. 1966-y. Toshkent xoreografiya bilim yurtining «balet artistkasi» ixtisosligi, 2001-y. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining «baletmeyster-rejissyor» ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1966-y. dan Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida avval balet raqqosasi, 2000-2002-y. lar balet direktori, 2002-y. dan pedagogrepetitor. 2002-y. dan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining rek-tori. «Boqchasaroy favvorasi» (Zare-ma), «Don Kixot» (Kitri), «Esmeral-da» (Esmeralda), «Spartak» (Egina), «Sevgi tumori» (Chundari), «Jizel» (Mirta), «Oqqush koʻli» (Oqqush va ispancha raqs), «Zolushka» (Ugay ona), «Ispan miniatyuralari» (Ispan qiz), «Kar-men» (Karmen), «Korsar» (Gulnora), «Nasriddin sarguzashtlari» (Nasrid-dinning xotini), «Kleopatra» (Kle-opatra), «Jonlangan miniatyuralar» (Kanizak) kabi spektakllarda asosiy rollarni ijro etgan. Lirizm, psixo-logik teranlik, nafis harakat, xoreografik imo-ishora va harakatlarda u noyob uygʻunlikka erishdi. Raqqo-saning inson hissiyotlari, ichki kechinmalarini raqs harakatlarida mohirona yetkazishida oʻziga xos tahlili koʻzga tashlanadi. «Dilorom» (Di-lorom), «Semurg» (Parizod) kabi filmlarda suratga tushgan. Hamroyeva hayoti va ijodiga bagʻishlangan «Bolero» hujjatli filmi ishlangan (1995).