HAMROYEV Murodbek Karimovich

HAMROYEV Murodbek Karimovich (1936.1.1, Olmaota — 1983.14.2, Toshkent) — adabiyotshunos olim, filol. fanlari d-ri (1964), prof. (1975). SSSR Pedagogika FA muxbir aʼzosi (1979). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1959). Qozogʻiston FA Adabiyot va sanʼat in-tida, akademiyaning uy-gʻurshunoslik boʻlimida ishlagan (1961—74), Qozogʻiston FA Pedago-gika fanlari i. t. institutida (1975—76), Oʻzbekiston Pedagogika fanlari i. t. institutida direktor oʻrinbosari (1976), direktor (1977 — 83). Asosiy ilmiy ishi turkiy sheʼr tuzilishi asoslari mavzuida. Asarlari turkiy xalqlar mumtoz va hoz. zamon sheʼriyatining qiyosiy tahli-liga, uning umumiy qonuniyatlari va asosiy xususiyatlarini koʻrsatishga bagʻishlangan. Hamroyev «Uygʻurcha-ruscha adabiyotshunoslik terminlari lugʻati» (1974), «Asarlar osha soʻnmas soʻz» (1969), «Asrlar sahifasi» (1972), «Navoiy va uygʻur adabiyoti» va b. asarlar muallifi.

As: Osnovn tyurskogo stixoslojeniya, Alma-Ata, 1963; Istoriya, teoriya, masterstvo, Alma-Ata, 1964; Rassvet kultur! uygurskogo naro-da, Alma-Ata, 1967; Ocherki teorii tyurkskogo stixa, Alma-Ata, 1969; Uygurskaya literatura (Uchebnik), 2 izd., Alma-Ata, 1977.