HAMROYEV

HAMROYEV Ibrohim (1916.25.12, buxoro — 1999.17.1, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975), Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konser-vatoriyasi (A. F. Kozlovskiy sinfi; 1945)ni tugatgan. 1939-y. dan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1977-y. dan dotsent). Toshkent musiqa bilim yurti direktori (1950-57). Operalar («Oyjamol», 1969; «ChoʻL chaq-mogʻi», 1973), musiqatkdrama va komediyalar («Shoir-nitxg orzusi», «Meli xobbonu Nabi tovon», «Bir gʻuncha ochilguncha»), vokal-simfonik asarlar («Oʻzbekiston xotin-qizlari» kantatasi va b.), orkestr joʻrligida chang uchun, fortepi-ano joʻrligida rubob uchun konsertlar, qoʻshiqlar («Tinglang meni, say-yoralar», «Oʻzbekistonim mening» va b.), shuningdek, bolalar uchun musi-qali spektakllar, xorlar muallifi. Musiqa oʻquv yurtlari uchun darslik va metodik qoʻllanmalar yozgan (2 qismli «Solfejio», T., 1971, 1978 va b.). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1959, 1970).