HAMROBOYEVIT

HAMROBOYEVIT — titanning V va Gʻye aralashmasi bilan birgalikdagi tabiiy karbidi. 1984-y. da topilgan. Arashon togʻlaridagi bazaltli porfirlar va Zarafshon tizmasidagi kvarslangan granitoidlar tarkibida uchraydi. mineral I. H. Hamroboyev sharafiga Hamroboyevit deb atalgan. Uning etalonli namunasi Moskvadagi A. Ye. Fersman nomidagi minerallar muzeyida saqlanmoqda. Qattiqligi 9 dan ortiq. Kub singoniyada kristallanadi. Shaffof emas, metalldek yaltiraydi. Rangi toʻq kulrang. Tarkibida Hamroboyevit boʻlgan bazaltli porfirlar quyi perm davriga mos boʻlgan traxiandezit-traxibaltli formaiiyaning subvulkanli jinslariga taalluqli.